AsosiyJamiyat

Sharqshunoslik institutining magistr va doktorantlari 14 ming AQSh dollariga teng xalqaro grant yutib olishdi

'Sharqshunoslik institutining magistr va doktorantlari 14 ming AQSh dollariga teng xalqaro grant yutib olishdi'ning rasmi

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 5 nafar doktorant va magistrlari Koreya fondining umumiy 14 100 AQSh dollari miqdoridagi xalqaro grantni qo`lga kiritishdi. Bu haqda Oliy ta`lim vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

G`oliblarga maxsus sertifikatlarni Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon Toshkentdagi elchixonada o`tkazilgan tadbirda tantanali topshirdi.

Koreya fondining moliyaviy grantiga institutning quyidagi magistr va doktorantlari  olib borayotgan ilmiy izlanishlari uchun sazovor bo`lishdi:

- Sirojiddin Maxatov, tayanch doktorant, “Innovasion rivojlanishning xorij tajribasidan O`zbekiston iqtisodiyotida foydalanish imkoniyatlari”;

-  Dilorom Ashirbaeva, mustaqil izlanuvchi, “Koreys va o`zbek diskursida murojaat birliklarining qiyosiy tadqiqi”; 

-  Rasul Sherov, magistr, “Globallashuv sharoitida Janubiy Koreya iqtisodiy rivojlanish transformasiyasi”;

- Maftuna Bahromova, magistr, “Sinxron tarjima sohasining taraqqiyot bosqichlari”;

- Aziza Hidoyatova, magistr, “Yang Kvija hikoyalarida obrazlar tizimi” .

    Boshqa yangiliklar