AsosiyJamiyat

O`zbekiston - Sharda universiteti bilan hamkorlikda “Ochiq matematika olimpiadasi” tashkil etmoqda

'O`zbekiston - Sharda universiteti bilan hamkorlikda “Ochiq matematika olimpiadasi” tashkil etmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 24-29 fevral kunlari Andijon viloyatida Xalq ta`limi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, viloyat xalq ta`limi boshqarmasi hamda O`zbekiston Sharda universiteti bilan hamkorlikda “Talabalikka bir qadam” ochiq olimpiadasi o`tkaziladi. Bu haqda Prezident maktablari matbuot xizmati xabar beradi.

Ushbu olimpiada Respublikamizdagi umumta`lim maktablarining 9-11-sinf o`quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Olimpiadada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan jami 50 ta onlayn tartibda ( 40 ta savol fan yo`nalishi va 10 ta savol ingliz tili fanidan) savollar uchun 75 daqiqa vaqt beriladi 100 ballik tizimda baholanadi.

Olimpiada uchun test topshiriqlari Xalq ta`limi vazirligining Fan olimpiadalari bo`yicha iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash departamenti hamda O`zbekiston Sharda universiteti bilan hamkorlikda tuziladi.

Ishtirokchilar orasidan sinflar va fanlar kesimida g`olib o`quvchilar aniqlanadi. 

1-o`rin Sharda universitetiga grant asosida qabul qilinadi.

2-o`rin Sharda universitetiga 50% kontrakt to`lovga imtiyoz

3-o`rin Sharda universitetiga 30% kontrakt to`lovga imtiyoz

Sertifikatlar 3 yilgacha o`z kuchini saqlab qoladi, deyiladi xabarda.

 

 

    Boshqa yangiliklar