AsosiyJamiyat

Buxoroda kontraktda o`qiyotgan talaba aslida grantga kirganligi ma`lum bo`ldi

'Buxoroda kontraktda o`qiyotgan talaba aslida grantga kirganligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

 Romitan tuman Sho`rcha mahalla fuqarolar yig`ini Rabotisulaymon qishlog`ida yashovchi fuqaro Shahzod Baxshilloev Buxoro shahar adliya bo`limiga murojaat qildi.

hudud24.uzning ma`lum qilishicha, Sh.Baxshilloev 2018 yilda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti qabul komissiyasiga abiturient sifatida hujjat topshiradi. Davlat test markazi tomonidan imtihonga kirish uchun 2018 yil 31 iyul kunida unga ruxsatnoma beriladi.

Unga berilgan javoblar varag`ining raqami 8009070 edi. U 5510103-Davolash ishi (Buxoro) ta`lim yo`nalishini tanlagan.

Ammo “Abitur” bazasiga esa abiturientning ta`lim yo`nalishi qabul komissiyasi mas`ul operatori, institut xodimi M.E. tomonidan 5510100-Davolash ishi (Buxoro) ta`lim yo`nalishi deb xato kiritiladi. Test sinovlari natijasida Sh.Baxshilloev 231,7 ball to`playdi. 5510103-Davolash ishi ta`lim yo`nalishining davlat grantlari asosida qabul chegarasi esa o`sha paytda 173,6 ballni tashkil etgan.

Qabul komissiyasi mas`ul operatorining xatosi tufayli Sh.Baxshilloev kontraktga tushib qoladi. Qizig`-a? Birgina xato bir insonning taqdiriga ta`sir qildi.

Ushbu qonunbuzilish aniqlangandan keyin Adliya bo`limi tomonidan fuqaro Shahzod Baxshilloev manfaatini ko`zlab, Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot institutiga nisbatan kontrakt to`lovi uchun to`lab berilgan 10.136.500 so`m moddiy zararni va 2.000.000 so`mlik ma`naviy zararni, jami bo`lib 12.136.500 so`mni undirib berish haqida fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro tumanlararo sudiga da`vo arizasi kiritiladi.

Bu ish sud tomonidan 2019 yil 14 avgustda rad qilinadi. Biroq adliya bo`limi tomonidan kiritilgan apellyasiya shikoyatiga asosan, fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro viloyat sudining apellyasiya instansiyasining 2019 yil 8 oktyabrdagi ajrimi bilan da`vo qisman qanoatlantirildi.

Talaba foydasiga kontrakt to`lovi hamda 500.000 so`m ma`naviy zarar undirildi.

    Boshqa yangiliklar