Sirdaryoda IIB xodimiga pora berishga uringan shaxs qo`lga olindi, deya ma`lum qildi IIV.
22 yanvar kuni Sirdaryo viloyati IIB xodimi rahbariyat nomiga bildirgi orqali murojaat qildi. Unda 19 yanvar kuni fuqaro D.B.ning arizasiga asosan o`tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida fuqaro Yu.K. o`z yashash xonadonida 70.000 so`m pul evaziga fuqaro D.B. bilan jinsiy aloqada bo`lgan vaqtda ushlangan.
Pullar daliliy ashyo sifatida olinib, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 190-moddasi asosida ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar to`plangan.
Shundan so`ng fuqaro Yu.K. IIB xodimiga ma`muriy materialni ko`rib chiqmaslik, sudga yubormaslik hamda ijobiy hal qilib berish evaziga pora tariqasida pul taklif qilgan.
Murojaatda ushbu harkatlari uchun Yu.K.ga nisbatan qonuniy chora ko`rishi so`ralgan.
22 yanvar kuni Ichki ishlar vazirligi O`z xavfsizlik boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo`yicha bo`limi, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati prokuraturasi xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbirlari davomida 1994 yil 15 mart kuni Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti o`rta-maxsus, vaqtincha ishsiz, turmushga chiqmagan, muqaddam 2017 yil 21 fevralda Jinoyat kodeksining 223-modda 2-qismi “a” bandi bilan sudlanib, amnistiya aktiga asosan javobgarlikdan ozod etilgan, 2019 yil 17 martda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 190-moddasi 2-qismiga asosan ma`muriy javobgarlikka tortilgan, Guliston shahrida yashovchi Yu.K. bildirgi yozgan xodimning xizmat xonasida 400.000 so`m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan qo`lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV O`z xavfsizlik boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo`limi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, to`plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Sirdaryo viloyati prokuraturasiga yuborish choralari ko`rilmoqda, deyiladi Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.






