Qozon shahrida yilning eng kuchli talabasini aniqlash marosimi bo`lib o`tdi va tadbirda o`zbekistonlik Kamoliddin Boboxonov bir ovozdan Qozon federal universiteti Ijtimoiy-falsafiy fanlar va ommaviy kommunikasiyalar instituti o`quvchisi g`olib deb e`lon qilindi. Bu haqda “Tatar-inform” agentligiga tayanib O`z A xabar bermoqda.
Yosh hamyurtimiz ushbu g`alabasi evaziga 50 ming rubl pul mukofoti va jahonning har qanday oliy o`quv yurtida o`qish imkoniyatini qo`lga kiritdi.
Talabalar o`rtasidagi tanlov to`rt bosqichda o`tkazildi. Barcha ishtirokchilar ilk bor “Tatariston talabasi” nomli avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron portfolio taqdim etishdi.
27.01.2020 09:57
“Yil talabasi” sovrinini qo`lga kiritgan hamyurtimiz jahonning har qanday oliy o`quv yurtida o`qish imkoniyatiga ega bo`ldi






