Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi 263-maktab isitilmayotgani haqida ma`lumotlar e`lon qilingan edi.
Xalq ta`limi vaziriligining Matbuot kotibining xabariga ko`ra, 2020 yil, 23 yanvar kuni 263-maktabning markaziy isitish tizimida nosozliklar yuzaga kelgan. Maktab ma`muriyati nosozlik bartaraf etilguniga qadar isitish tizimini o`chirish bo`yicha qaror qabul qilgan. Xonalar isitilmaganligi tufayli 24 yanvar kunidagi darslar 5 daqiqaga qisqartirilgan.
Ayni paytda isitish tizimidagi muammo hal etilib, darslar o`rnatilgan tartibda olib borilmoqda.






