Qashqadaryoning Mirishkor tumani «Qumbangi» mahallasida yashovchi S.Bahromovning (1991 y.t.) yashash uyida yong`in sodir bo`lgan. Buni o`z vaqtida ilg`agan xonadon sohibi turmush o`rtog`i D.N.ni (1998 y.t.) uyg`otib, xavfdan xabardor qilish barobarida xonadan olib chiqish choralarini ko`rmay, o`z jonini asrash bilan cheklanadi, xolos. Natijada olov ichida qolib ketgan ayol voqea joyida vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko`ra, holat yuzasidan o`shandayoq (14.11.2019 y.) S.Bahromovga nisbatan JKning 117-moddasi 2-qismi («Hayoti yoki sog`lig`i xavf ostida qolgan va o`zini o`zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo`lgan shaxsga yordam ko`rsatmaslik») bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgandi.
Biroq tergov jarayonida yangi holatlar ochilishi natijasida kuni kecha (26.01. 2020 y.) e`lon qilingan ayblov Jinoyat kodeksining 117-modda 2-qismidan 97-moddaning 2-qismiga («Javobgarlikni og`irlashtiradigan holatda qasddan odam o`ldirish») qayta malakalandi.
Demak, holat o`ta jiddiy. Shu bois S.Bahromovga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo`llangan.






