AsosiyJamiyat

Samarqandlik otaxon maktablarga minglab uy gullarini bepul tarqatmoqda

'Samarqandlik otaxon maktablarga minglab uy gullarini bepul tarqatmoqda'ning rasmi

Samarqandlik Muqimjon Oripov bir necha yillardan buyon atrofdagilarga o`zi o`stirgan xonaki gullarni ulashib keladi. U Samarqandni gullar shahriga aylantirishga astoydil bel bog`lagan. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi

Muqimjon Oripov shahardagi 39-maktabga 14 ming dona yapon gullari urug`i va 330 ta navro`zgul xonaki gulini taqdim etdi. Shuningdek bu maktabga yana 15 ming dona gul piyozlari ekilgan gultuvaklar hadya etdi.

Bulardan tashqari o`tgan yillarda Toyloq tumanidagi maktablarga ham minglab xonaki gullar etkazib bergan.

Muqimjon akaning xonadonida maktablarga atalgan beminnat tuhfalari uchun kelgan minnatdorlik maktublari to`lib ketgan. 

Haqiqiy mehnatsevar, tabiatni jonu dildan sevuvchi inson Muqimjon Oripov hozirda 67 yoshda. U o`z qo`li bilan etishtirgan rang-barang gullarni maktablarga bepul ulashyapti. 

Otaxon 16 yildan buyon gulchilik bilan shug`ullanib kelayotgan bo`lsa, shu davr ichida 500 ming tup gul ko`chatlarini beminnat ulashib, kattayu kichikning hurmatiga sazovor bo`lgan.

Boshqa yangiliklar