AsosiyJinoyat

"Human" rahbari 10 yilga qamaldi

'"Human" rahbari 10 yilga qamaldi'ning rasmi

27 yanvar kuni jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyat sudida «Human» xususiy bandlik agentligi» MChJ rahbari Sh.Fayzullaevga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi. 

Sud hukmiga ko`ra, Sh. Fayzullaev O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi «a» bandi va 179-moddasi bilan Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi («reabilitasiya uchun asoslar»)ning tegishli bandlariga asosan reabilitasiya qilindi hamda uning ayblovidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192−11-moddasi 2-qismi «a» bandi chiqarildi.

Sudlanuvchi O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b», «v» bandlari, 189-moddasi 1-qismi va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59 («bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash») va 61 («jazolarni qo`shishning hisoblash qoidalari») moddalariga asosan tayinlangan har xil turdagi jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan uzil-kesil 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.

Sudlanuvchidan 1080 nafardan ortiq jabrlanuvchilar foydasiga 21 milliard 192 ming so`mdan ziyod miqdorda moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Shuningdek, jabrlanuvchilarga jinoyat oqibatida etkazilgan ma`naviy zararlarni undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Mazkur jinoiy ish bo`yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchi va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

    Boshqa yangiliklar