Mirishkor tumani «Qumbangi» mahallasida yashovchi 1991 yilda tug`ilgan fuqaro S.Bahromovning uyida yong`in sodir bo`ldi. Buni o`z vaqtida ilg`agan fuqaro turmush o`rtog`i, 1988 yilda tug`ilgan D.N.ni uyg`otib, xavfdan xabardor qilish barobarida xonadan olib chiqish choralarini ko`rmay, o`z jonini asrash bilan cheklanadi, xolos. Hodisa oqibatida olov ichida qolib ketgan ayol voqea joyida vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan o`shandayoq, ya`ni 2019 yilning 14 noyabrida S.Bahromovga nisbatan JKning 117-moddasi 2-qismi (Hayoti yoki sog`lig`i xavf ostida qolgan va o`zini o`zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo`lgan shaxsga yordam ko`rsatmaslik) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.
Biroq tergov jarayonida yangi holatlar ochilishi natijasida 26 yanvar, yakshanba kuni e`lon qilingan ayblov Jinoyat kodeksining 117-modda 2-qismidan 97-moddaning 2-qismiga (Javobgarlikni og`irlashtiradigan holatda qasddan odam o`ldirish),deb qayta malakalandi. S.Bahromovga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo`llanildi.






