AsosiyJamiyat

Madaniyat markazi boshlig`i 18 kishiga soxta hujjatlar asosida ish haqi hisoblagani aniqlandi

'Madaniyat markazi boshlig`i 18 kishiga soxta hujjatlar asosida ish haqi hisoblagani aniqlandi'ning rasmi

Do`stlik madaniyat markazida byudjet mablag`larini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Do`stlik tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman Madaniyat markazi boshlig`i M.E. va boshqalar hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritish orqali markazda haqiqatda ishlamagan 18 nafar fuqarolarga ish haqi hisoblashganliklari hamda ishchi xodimlarning to`lov qaydnomalaridagi imzolarini qalbakilashtirib, jami 266,9 mln. so`m byudjet mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.E. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar