AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda qariya ayolni tunagan shaxslar ushlandi

'Qashqadaryoda qariya ayolni tunagan shaxslar ushlandi'ning rasmi

2020 yilning 18 yanvar kunitaxminan 16:45 larda noma`lum shaxslar, Shaxrisabz tumani Mehrigiyo ko`chasida ketayotgan 56 yoshli S.A.ga hayot yoki sog`liq uchun xavfli bo`lmagan zo`rlik ishlatib, uning qo`lidagi ichida 4.400.000 so`m naqd pullari va 4 turdagi tilla taqinchoqlari bo`lgan sumkasini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Bu holatdan qo`rqqan S.A. darrov IIBga murojaat qilmagan va biroz vaqt o`tganidan so`ng 2020 yilning 25 yanvar kuni Shaxrisabz shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shaxrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 37 yoshli Ch.X. va S.M.lar, 27 yoshli M.M., 25 yoshli S.U. va 24 yoshli A.X.lar sodir qilganliklari aniqlanib, ular jinoyat ishida JKning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan talonchilik) bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlanganlar. Gumonlanuvchi Ch.X.dan tilla taqinchoqlar ash`yoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar