1

“InFinBank” iste`molchilar huquqlarini buzgani uchun Markaziy bank tomonidan jarimaga tortildi

Jamiyat 29.01.2020, 09:51
“InFinBank” iste`molchilar huquqlarini buzgani uchun Markaziy bank tomonidan jarimaga tortildi

Markaziy bank tomonidan kelib tushgan murojaat asosida ATB “InFinBank”da iste`mol kreditlarini ajratish tartib-tamoyillari bank xizmatlari iste`molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qanchalik javob berishi yuzasidan o`rganish o`tkazildi.

Markaziy bankning ma`lum qilishicha, o`rganish davomida banklarda bir qator qoidabuzarliklarga yo`l qo`yilganligi aniqlandi. Jumladan:

* kredit shartnomalari bankning kredit bo`yicha foiz stavkasini bir tomonlama o`zgartirish huquqi bilan tuzilgan;

* kredit shartnomalarida iste`mol kreditining to`lovi uchun pul mablag`lari ko`chirilgunga qadar davrda qarz oluvchilarning biron-bir to`lovlarsiz kredit olishdan voz kechish huquqi belgilanmagan;

* ayrim qarz oluvchilarga imzolangan shartnomalarning nusxalari berilmagan.

Shunga ko`ra, ATB “InFinBank” ka iste`molchilarning huquqlarini tiklash, shu jumladan, kredit shartnomalari shartlarini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan ko`rsatma yuborildi.

Bank xizmatlarini ko`rsatish jarayonida yo`l qo`yilgan qoidabuzarliklar uchun ATB “InFinBank”ka nisbatan O`zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunining 57-moddasiga muvofiq jarima sanksiyalari qo`llanildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1