1

“O`zbekiston temir yo`llari” koronavirusdan ogoh bo`lishga chaqirdi

Jamiyat 29.01.2020, 11:20
“O`zbekiston temir yo`llari” koronavirusdan ogoh bo`lishga chaqirdi

“O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyatining faollar zalida ayni damda Xitoy Xalq Respublikasida paydo bo`lgan va tarqalayotgan koronavirusning yangi turi va u bilan bog`liq masalalarga bag`ishlangan targ`ibot-tashviqot tadbiri bo`lib o`tdi. Bu haqda kompaniya Axborot-tahliliy media markazi xabar berdi.

Unda «O`zbekiston temir yo`llari» AJ Sog`liqni saqlash xizmatining bosh epidemiologi R.Seynyants, Markaziy temir yo`l poliklinikasi oliy toifali ishlab chiqarish shifokori Y.Malkova va yuqumli kasalliklar shifokori Ch.Otakulova, hamda Jamiyatning boshqarma rahbarlari va ishchi-xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab Y.Malkova so`zga chiqib, hozirgi kunda jahon hamda mahalliy ommaviy axborot vositalarida Xitoy Xalq Respublikasida keng tarqalgan koronavirusning yangi turi haqidagi ma`lumotlar uning kelib chiqishi, ommalashib borayotganligi, umumiy belgilari, yuqish yo`li, oqibati, davolash choralari hamda kasallikning oldini olish qoidalaridan biri – shaxsiy gigienaga qat`iy amal qilish to`g`risida batafsil ma`lumotlar berib o`tdi. 

Ma`ruzachilarning ta`kidlashicha, koronavirusli infeksiyasi yuqqanda avvalo to`rt kundan keyin namoyon bo`lishi, inson tana haroratining keskin oshishi, umumiy zaharlanish belgilari, qorinda og`riq, ich ketishi, qayd qilish, yuqori nafas yo`llarining yalig`lanishi, nafas olishning qiyinlashishi, ko`krak qafasida kuchli og`riq, xansirash belgilari bilan kechadi. Bu holatda uy sharoitida davolanmasdan darhol shifokorga murojaat etishlarini ta`kidladi.

So`zga chiqqanlar ushbu virus haqida atroflicha ma`lumot berishi barobarida doimo jamoat joylarda niqob taqish, uni har uch soatda almashtirish, ko`cha-kuyda ovqatlanmaslik, uy sharoitida go`sht mahsulotini me`yorda pishirish, meva va sabzovotlarni yuvib iste`mol qilish, shaxsiy gigiena qoidalarga amal qilish, qo`lni tez-tez sovunlab yuvish yoki nam salfetka yordamida artib turish, shuningdek immunitetni oshiruvchi dori-darmonlarni qo`llash kabi tavfsiyalar berildi. Jumladan, ayni damda bu virusga qarshi biror bir davo chorasi yo`qligi va uni imkon qadar oldini olish muhimligi ta`kidlandi.

Shuningdek, «Uzbekistan airways» hamda «O`zbekiston temir yo`llari» aksiadorlik jamiyatlari tarkibidagi maxsus sog`liqni saqlash xizmatlari tashkil etilib va ish boshlaganligi, chet eldan kelgan shaxslar muntazam tibbiy ko`rikdan o`tkazilayotganligi, isitmasi bor shaxslar bir necha kun davomida tibbiyot xodimlari nazorati ostida bo`layotganligi haqida ma`lumot berib o`tildi.

Anjuman so`nggida uning barcha ishtirokchilari o`zlarini qiziqtirgan turli xil savollarga tibbiyot xodimlaridan etarlicha ma`lumot olishdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1