1

Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent Akademik liseyi qabul boshlanganini e`lon kildi

Jamiyat 29.01.2020, 12:25
Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent Akademik liseyi qabul boshlanganini e`lon kildi

Toshkent shahar IIBB O`zbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli Toshkent Akademik liseyi qabul qilish uchun tanlovlar boshlanishini e`lon kiladi.

O`zbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli Toshkent Akademik liseyiga Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo`lgan, sog`lig`i jihatidan o`qishga yaroqli deb trpilgan, dastlabki, maxsus-professional tanlov va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o`tgan umumta`lim muassasalarining 9-sinfini tamomlayotgan nomzodlar qabul qilinadi.

Tanlovlardaishtirok etish istagini bildirgan nomzodlardan 2019 yilning 01 fevral kunidan 15 aprel kuniga qadar, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Said Baraka ko`chasi, 7-uyda joylashgan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Kadrlar boshqarmasiga murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat etmoqchi bo`lgan nomzodlar ariza yozishdan oldin ishchi guruhga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

-o`qish joyidan tavsifnoma;

-tug`ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi;

-mudofaa ishlari bo`limlarida ro`yxatda turishi to`g`risidagi ma`lumotnomaning nusxasi (o`g`il bolalar uchun);

-fanlarni o`zlashtirishi to`g`risida o`qish joyidan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan ma`lumotnoma;

-3 x 4 sm o`lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 9 x 12 sm o`lchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz).

Tanlovlar bosqichma-bosqich quyidagi ketma ketlikda amalga oshirilida:

-dastlabki tanlov;

-maxsus-professional tanlov;

-test sinovi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1