1

Toshkentda xorijiy korxona rahbarining nomidan soxta hujjatlar tayyorlanib, 2,5 mlrd. so`m o`zlashtirildi

Jamiyat 29.01.2020, 13:27
Toshkentda xorijiy korxona rahbarining nomidan soxta hujjatlar tayyorlanib, 2,5 mlrd. so`m o`zlashtirildi

 Departamentning Yashnobod tumani bo`limi tomonidan chet el investorlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi, deya xabar berdi Bosh prokuratura Matbuot xizmati.  

Unda aniqlanishicha, “N-K” MChJ shaklidagi qo`shma korxonasi mansabdor shaxslari va boshqalar, mulkiy manfaat ko`rish maqsadida o`zaro oldindan til biriktirib, “S.K.” xorijiy korxonasi rahbarining nomidan “N-K” MChJ ta`sischilari qatoridan chiqishi haqida arizasini soxtalashtirib, qo`shma korxonaning navbatdan tashqari  ta`sischilar yig`ilishi bayonnomasiga soxta ma`lumotlarni kiritishgan.

Shunga ko`ra, “S.K.” xorijiy korxonasining “N-K” qo`shma korxonasidagi 2 mlrd. 460 mln. so`mlik ulushini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “N-K” MChJ shaklidagi qo`shma korxonasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1