1

Rossiyada norezidentlar uchun daromad solig`ini 30% dan 13% gacha kamaytirish rejalashtirilmoqda

Jamiyat 29.01.2020, 13:40
Rossiyada norezidentlar uchun daromad solig`ini 30% dan 13% gacha kamaytirish rejalashtirilmoqda

Rossiya Federasiyasi norezidentlarining mehnat faoliyati daromadidan olinadigan daromad solig`ini 30 foizdan 13 foizgacha kamaytirish to`g`risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi va tegishli idoralarga kelishish uchun taqdim etildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo`ja Norov ma`lum qildi.

Qonun loyihasiga muvofiq, Rossiya Federasiyasi soliq kodeksining 224-moddasiga o`zgartirish kiritish va mehnat faoliyatini amalga oshiryotgan norezidentlardan olinadigan daromad solig`i stavkasini 13 foiz miqdorida belgilash, ya`ni Rossiya fuqarolari uchun o`rnatilgan stavkaga tenglashtirish ko`zda tutilmoqda.

Ushbu qonun loyihasi tasdiqlansa, norezidentlarning mehnat faoliyatidan olinadigan daromad solig`i to`lovchilar toifasidan qat`i nazar, 13 foiz stavkada belgilanadi va yangi tartib 2021 yildan boshlab joriy etiladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1