AsosiyJamiyat

Pora olgan kosonlik maktab direktori haqida boshqa maktab rahbarlari fikr bildirdi

'Pora olgan kosonlik maktab direktori haqida boshqa maktab rahbarlari fikr bildirdi'ning rasmi

Koson tumani hokimligining majlislar zalida jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani boshlandi. Matbuot anjumanida viloyat axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi boshlig`i Usmon Nusurov va Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ishtirok etmoqda. Matbuot anjumani kuni kecha tumandagi 98 -umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori bilan sodir bo`lgan korrupsion holat muhokamasiga bag`ishlangan.

Matbuot anjumanida Koson tumanidagi maktab direktorlari ham ishtirok etishdi.

Tumandagi 2-maktab direktori Sayyora Oripova quyidagicha fikr bildirdi.

— 98-maktab direktorini yaxshi taniyman, inson sifatida hurmat qilaman. Lekin yuqoridagi holat barchamizni hayratga soldi. Balki e`tiborsizlikmi yoki boshqa sabab u xato qildi,- deydi Sayyora Oripova.

    Boshqa yangiliklar