AsosiyJamiyat

O`yidan xususiy bog`cha ochmoqchi bo`lganlar nima qilishi kerak?

'O`yidan xususiy bog`cha ochmoqchi bo`lganlar nima qilishi kerak?'ning rasmi

Bugun Tashkent City Congress hall binosida bo`lib o`tgan Xalqaro press-klubning navbatdagi matbuot anjumanida ijtimoiy sohaga mas`ul turli vazirliklar mutasaddilari, deputatlar va senatorlar ishtirok etib, 2020 yil uchun ustuvor bo`lgan masalalar yuzasidan OAV vakillarning savollariga javob berib, turli tanqidlarga o`z munosabatlarini bildirishdi. Unda so`zga chiqqan Maktabgacha ta`lim vaziri o`rinbosari Maqsud Yuldashev mazkur savolga quyidagicha javob berdi:

–Davlat xususiy sherikchiligi dasturi asosida o`z xonadonlarida oilaviy bog`chalar tashkil etish bo`yicha respublikamizning barcha tuman hokimliklari qoshida maxsus ishchi guruhlar tashkil etilgan. Fuqarolarimiz mazkur ishchi guruhga murojaat qilishsa, ular joylarga borib, murojaatchilarning uylarini uy bog`chalari tashkil etish uchun amaldagi talablarga qanchalik mos kelishini o`rganib, bizga xulosa berishadi. Biz ham qisqa muddat ichida arizalarni qanoatlantirish choralarini ko`ramiz. Turli savollar va murojaatlar yuzasidan esa vazirlikning (71) 239-33-79 va (71) 207-04-08 telefonlariga qo`ng`iroq qilishlari mumkin. Davlat xususiy sherikchilik dasturi doirasida 2020 yilda 2000 ta oilaviy, 420 ta nodavlat MTT tashkil etiladi va qo`shimcha 96 300 nafar bola o`rni yaratiladi.

Eslatib o`tamiz, biroz avval aynan mazkur matbuot anjumanidan "Koronavirus nega bunday ataladi va u ko`rshapalakdan o`tishi rostmi?" savoliga Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosarining javobini bergan edik.

    Boshqa yangiliklar