1

Vazir o`rinbosari va`dasi: Endi xususiy bandliklarga ishonish mumkin

Jamiyat 29.01.2020, 19:29
Vazir o`rinbosari va`dasi: Endi xususiy bandliklarga ishonish mumkin

Tashkent City Congress hall da bo`lib o`tgan bugungi Xalqaro press-klub matbuot anjumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o`rinbosari Erkin Muxitdinov ham ishtirok etdi. 

“Darakchi” gazetasi muxbiri tomonidan berilgan savollarga vazir o`rinbosari quyidagicha javoblar berdi:

- So`nggi paytlarda xususiy bandlik agentliklari tomonidan noqonuniy faoliyatlar fosh etilmoqda. Ushbu agentliklar rahbarlarining jazolanishi tabiiy, lekin uning ortida qancha odam moddiy va ma`naviy jabr ko`rmoqda. Ularning faoliyatini nazorat qilishda vazirlik tomonidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilmaganmi yoki yangi tizimda tajribasizlikka yo`l qo`yilmoqdami? Bu savolni ko`p joylarda beryapmiz va vazirlik mutasaddilari tomonidan “guruch kurmaksiz bo`lmaydi”, “biz tadbirkorlarning faoliyatiga aralasholmaymiz” qabilidagi “navbatchi javoblar” berilmoqda. 

- Men sizga “navbatchi javob” emas, aniq javob beraman: Biz eng avvalo, asosiy e`tiborni xorijga ketgan fuqarolarimizning huquqini himoya qilishga qaratganmiz. Bu erda tizim bor, ya`ni har bir xususiy bandlik agentliklari bizga har bir xorijga ketgan fuqarolar haqida ma`lumot berishadi va biz buni nazorat qilib boramiz. Ba`zi agentliklar fuqarolarni xorijga jo`natmay turib, mas`uliyatsizlikka yo`l qo`ygan.  Ochig`ini aytish kerak – bunda xatolikka yo`l qo`yilgan. Buni to`g`irlaymiz. Endi xususiy bandlik agentliklari bilan shartnoma tuziladi. Ularga murojaat qilayotgan har bir fuqaro qancha mablag` to`ladi, holat qaysi bosqichda va xorijga qachon jo`natilishi haqida xususiy agentliklar bizga ma`lumot berib turishadi. Buni to`g`ri talqin qilish kerak, hozirda faoliyat yuritayotgan 59 ta xususiy bandlik agentliklaridan 8 tasida noqonuniy faoliyat aniqlangan. Qolgan 51 ta agentliklar qonun doirasida faoliyat yuritishmoqda. 

- Demak, endi xususiy bandlik agentliklariga ishonsak bo`ladi?

- Ha, bo`ladi...

Biroz avval "Human" xususiy bandlik agentligi rahbari 10 yilga qamalganligi haqida xabar bergan edik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1