1

Andijonda ikki farzandining ta`minotidan qochgan ota qamaldi

Jamiyat 29.01.2020, 19:44
Andijonda ikki farzandining ta`minotidan qochgan ota qamaldi

Andijon viloyati, Ulug`nor tumanida yashovchi B.D. fuqarolik ishlari bo`yicha Bo`z tumanlararo sudining 2019 yil 4 iyundagi sud buyrug`iga asosan ikki nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun undiruvchi Q.D. foydasiga har oylik topgan daromadining uchdan bir qismi miqdorida aliment to`lashi lozim edi. Biroq, 2019 yil  4 iyun kunidan2020 yil 1 yanvar kuniga qadar jami 3.981.095 so`m miqdordagi aliment pullarini to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelgan. 

Mazkur sud ishiga raislik qiluvchi Ulug`nor tuman ma`muriy sudining raisi Vaxobjon Siddikovning ma`lum qilishicha, 2020 yil 27 yanvar kuni olib borilgan ochiq sud majlisida B.D.ga oid ma`muriy ish ko`rib chiqilib, sudning yakuniy qaroriga ko`ra, B.D. O`zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi 1-qismida (Moddiy yordamga muhtoj bo`lgan voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsizo` shaxsni moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlash, ya`ni ularni moddiy jihatdan ta`minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug`iga binoan undirilishi lozim bo`lgan mablag`ni jami bo`lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to`lamaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Shunga ko`ra, unga 15 (o`n besh) sutka muddatga ma`muriy qamoq jazosi tayinlanib, jazo muddati 2020 yil 27 yanvar kuni soat 1530dan boshlab hisoblanishi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1