1

Rasman: Komil Allamjonov va Saida Mirziyoeva xususiy sektorda ish boshlaydi. Agentlik rahbari o`zgardi

Jamiyat 29.01.2020, 19:55
Rasman: Komil Allamjonov va Saida Mirziyoeva xususiy sektorda ish boshlaydi. Agentlik rahbari o`zgardi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Prezident Administrasiyasi Rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan majlis bo`lib o`tdi.

Majlisda AOKA direktori v.b. K.Allamjonov va direktor o`rinbosari S.Mirziyoeva kelgusi mehnat faoliyatlarini nodavlat sektorda davom ettirish rejalari bilan bog`liq murojaatlarini Prezident Administrasiyasiga kiritishgani va Prezident Administrasiyasi tomonidan ushbu murojaatlari ko`rib chiqilib, qondirilgani haqida e`lon qilindi.

Tadbir doirasida Agentlik direktori v.b. K.Allamjonov va direktor o`rinbosari S.Mirziyoeva o`z rahbarlik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari haqida qisqa hisobot berib, shuningdek, kelajakdagi jamoatchilik yo`nalishi bilan bog`liq rejalari borasida fikr bildirishdi. 

Majlis yakunida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Rahbari Z.Nizomiddinov Agentlik tomonidan erishilgan yutuqlarni alohida ta`kidlab, K.Allamjonov va S.Mirziyoevalarning respublikamizning OAV sohasida demokratik islohotlarni amalga oshirishda, jurnalist va blogerlarning huquqlarini himoya qilishda, davlat organlari rahbarlarining mass-media bilan o`zaro munosabatlari samaradorligini oshirishdagi shaxsiy hissalarini yuqori baholab, O`zbekiston davlati rivojlanishi yo`lidagi kelgusi ishlariga zafarlar tiladi.

Saidjanov Dilshod Madraximovich O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1