1

Bosh prokuratura Olmaliqdagi qotillik bo`yicha qamoqqa olinganlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Jamiyat 29.01.2020, 20:12
Bosh prokuratura Olmaliqdagi qotillik bo`yicha qamoqqa olinganlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Joriy yilning 24 yanvar kuni Internetning “You tube” sahifasida fuqaro G.Davlyatova va boshqalarning farzandlari Bosh prokuratura tergovchisi tomonidan asossiz ravishda qamoqqa olinganligi va boshqa holatlardan noroziligi haqida videomurojaat tarqatildi.

Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o`rganildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi. 

Aniqlanishicha, 2018 yil 18 yanvar kuni Olmaliq shahar Kitve hamda Beruniy ko`chalari tutashgan joydagi issiq suv quvurlarining er ostiga yo`nalgan beton qoplamali quduqdan voyaga etmagan K.Haytmurodovning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Sud hukmi bilan mazkur jinoyatni sodir etganlikda Asilbek va Otabek Nuralievlar JKning 97-moddasi 2-qismi «i» va «p» bandlari bilan aybdor deb topilib, ozodlikdan mahrum qilish jazosiga mahkum qilingan. 

Prosess ishtirokchilarining shikoyatlariga asosan jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyat sudining apellyasiya hay`ati mazkur ishni ko`rib chiqib, tergov organi JPKning 417-moddasiga muvofiq qo`shimcha prosessual harakatlarni o`tkazishi haqida 23.07.2019 yilda ajrim chiqargan.

Ajrim yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti bir qator qo`shimcha prosessual harakatlarni amalga oshirib, 15.10.2019 yilda jinoyat ishining A.Davlyatov va Sh.To`xtaqulovlarga nisbatan qismini JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatish haqida qaror qabul qilgan.

Ajrimdagi qilinishi lozim bo`lgan qo`shimcha prosessual harakatlarning to`liq o`tkazilmaganligi sababli, sud 08.11.2019 yilda ikkinchi marotaba ish bo`yicha JPKning 417-moddasiga muvofiq qo`shimcha prosessual harakatlarni o`tkazish uchun ajrim chiqargan.

Bosh prokuratura tomonidan sudning ajrimida ko`rsatilgan holatlar bo`yicha qo`shimcha prosessual harakatlar o`tkazilmoqda.

Qo`shimcha prosessual harakatlar o`tkazish jarayonida, A.Davletov va Sh.To`xtaqulovlarga nisbatan 06.01.2020 yilda jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Mazkur jinoyat ishi bo`yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida A.Davletov, Sh.To`xtaqulov va A.Nuralievlar K.Xaytmurodovni qasddan o`ldirishda ishtirok etganligi aniqlanib, 08.01.2020 yilda ularga nisbatan JKning 28,97-moddasi «i» va «p» bandlari bilan ayblov e`lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. 

Jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O`rganishda videomurojaatda keltirilgan vajlar o`z tasdig`ini topmadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1