1

Sog`liqni saqlash vazirligi ishonch telefonlari nega dam olish kunlari ishlamaydi?

Jamiyat 29.01.2020, 20:39
Sog`liqni saqlash vazirligi ishonch telefonlari nega dam olish kunlari ishlamaydi?

Agar shanba yoki yakshanba kunlari, yoyinki, ish kunlari soat 18:00 dan keyin Sog`liqni saqlash vazirligining 1003 ishonch telefoniga qo`ng`iroq qilsangiz, ishonch telefonlari dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 18:00 gacha ishlashi, shanba va yakshanba kunlari esa ishlamasligi haqida avto-javob olasiz. Odamning sog`lig`i eng oliy o`rinda turadi. Sog`liq, sog`liqni saqlash masalalari bo`yicha murojaat qilaman desangiz, siz aynan ularning ish vaqtida murojaat qilishingiz kerak. Qolgan paytlari esa siz kasal bo`lishga ham, yuqori tashkilotga qandaydir masalalarda murojaat qilishga ham “haqqingiz yo`q”. Chunki bu imkonsiz. 

Sog`liqni saqlash vazirining 1-o`rinbosari Bahodir Yusupaliev bugun Tashkent City Congress hall binosida bo`lib o`tgan Xalqaro press-klubning navbatdagi matbuot anjumanida yuqoridagi fiklarga shunday munosabat bildirdi:

- Biz bu xizmatni tez orada doimiy ravishda to`liq ishlashini ta`minlash uchun Uzinfokom kompaniyasiga autsorsing asosida beramiz. Bunda sog`liq saqlash masalalari bo`yicha operatorlar Uzinfokom tarkibida faoliyat yuritib, hafta davomida qo`ng`iroqlarni to`liq qabul qilish imkoniga ega bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, biroz avval koronavirusning nega bunday atalishi va ko`rshapalakdan yuqishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga vazir o`rinbosarining munosabatini bergan edik. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1