1

Namanganda kelinining xiyonatidan jabr ko`rgan oilaga 7 kishidan iborat jinoyatchilar tomonidan bosim bo`lyaptimi?

Jamiyat 30.01.2020, 09:47
Namanganda kelinining xiyonatidan jabr ko`rgan oilaga 7 kishidan iborat jinoyatchilar tomonidan bosim bo`lyaptimi?

2020 yil 28 yanvar kuni “youtube.com” saytining “namanganliklar.uz” kanalida “Kelinning xiyonatidan jabr chekkan oilaga nisbatan 7 kishidan iborat jinoyatchilar tomonidan bosim bo`layotganligi va bu qonuniy echim topmayotganligi to`g`risida” videomurojaat e`lon qilindi.

Mazur murojaatga Namangan viloyati IIB munosabat bildirdi.

Unga ko`ra, Namangan tumani No`g`ayqo`rg`on MFY Bodomzor ko`chasi 21-uyda yashovchi millati o`zbek, ma`lumoti o`rta, muqaddam sudlanmagan, oilali 3 nafar farzandi bor, Namangan shahar XTBga qarashli 21-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida qorovul bo`lib ishlovchi, 25.06.1965 yilda tug`ilgan Yuldashev Haydarali Abduolimovich 2019 yil 11 fevral kuni Namangan IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda sobiq kelini Turg`unova Mukarram Abdulvoxid qizining harakatlaridan norozi bo`lib, unga qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan Namangan tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori katta leytenant N.Tursunov tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida H.Yuldashevning o`g`li Namangan tumani No`g`ayqo`rg`on MFY Bodomzor ko`chasi 21-uyda yashovchi 1989 yilda tug`ilgan Yuldashev Doniyor Xaydaralievich Namangan tumani Kurmak MFYda yashovchi 1994 yilda tug`ilgan Turg`unova Mukarram Abdulvoxid qizi bilan qonuniy nikoxdan o`tgan xolda Namangan tumani No`g`ayqo`rg`on MFY Bodomzor ko`chasi 21-uyda yashaganligi aniqladi.Ularning 2 nafar voyaga etmagan farzandlari bo`lib, ushbu nikox davomida M.Turg`unova Namangan shahar Quyi Rovuston MFYda yashovchi “Yusupov Xumoyun” ismli shaxs bilan tanishib, X.Yusupov olib bergan telefon orqali u bilan ishqiy munosabatda bo`lib kelgan.Sms jo`natmalari aniqlanganligi o`z isbotini topganidan so`ng, D.Yuldashev turmush o`rtog`i M.Turg`unovani xomiladorligiga qaramay uyidan xaydab yuborgan. M.Turg`unovaning opalari D.Yuldashevning xonadoniga kelib, uning seplarini olib ketishgan. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan Turg`unova Mukarram Abdulvoxid qiziga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

Yuldashev Haydarali Abduolimovich ushbu qarordan norozi bo`lib, ushbu mazmundagi ariza bilan Namangan viloyati IIB boshlig`iga, Namangan viloyati hokimiga, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga Ishonch telefonlari orqali murojaat qilgan. Ushbu murojaat yuzasidan olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida O`zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan Turg`unova Mukarram Abdulvoxid qiziga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish haqida qabul qilingan qaror qonuniy kuchga ega ekanligini inobatga olib, xulosa bilan yakunlangan.

Yuldashev Haydarali Abduolimovich qabul qilingan qaror va xulosalardan norozilik bildirib, sobiq kelini M.Turg`unova 2 nafar farzandidan birini sobiq turmush o`rtog`i D.Yuldashevga qonuniy tarzda vasiylikka berish va to`yning sarf-harajatlarini to`liq qoplab berishini talab etmoqda.

H.Yuldashevning ushbu vajlari yuzasidan Namangan tuman hokimining o`rinbosari, tuman xotin-qizlar qo`mitasi raisi T.Siddiqova, Namangan tumani No`g`ayqo`rg`on MFY raisi Sh.Mamajonov hamda No`g`ayqo`rg`on MFY yarashtirish komissiyasi tomonidan bir necha marotaba muhokama qilingan.

Yuldashev Haydarali Abduolimovichning mazkur video murojaatida bildirilgan fikrlar xudud profilaktika inspektori katta leytenant N.Tursunov tomonidan to`liq o`rganilgan. Fuqaroning profilaktika inspektoriga nisbatan bildirgan fikrlari mutlaqo asossiz, deyiladi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabarida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1