1

Undiruvchiga avtomashina Jizzaxdan topib keltirildi

Jamiyat 30.01.2020, 10:17
Undiruvchiga avtomashina Jizzaxdan topib keltirildi

Majburiy ijro byurosining Yangier shahar bo`limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo`yicha Guliston tumanlararo sudining 17.07.2018 yildagi qarzdor S.Ataevdan undiruvchi K.Xudoyberganova foydasiga “Nexia” rusumli 2009 yilda ishlab chiqarilgan, yashil rangli avtomashinani olib berish to`g`risidagi ijro hujjati kelib tushgan edi.

Ushbu ijro hujjati yuzasidan 03.11.2018 yilda O`zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida" gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida qaror qabul qilinib taraflarga yuborilgan.

MIBning ma`lum qilishicha, Yuqorida qayd etilgan avtomashina vositasini qaerda ekanligi to`g`risida ma`lumot bo`lmaganligi sababli, 20.11.2018 yilda avtomashinaga qidiruv e`lon qilingan.

Majburiy ijro byurosining Yangier shahar bo`limining Axborot ta`minoti va qidiruv sho``basi xodimlari ushbu avtomashinani tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 14.01.2020 yilda Jizzax viloyatidan qidirib topildi va qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar ko`rildi. 

Natijada ijro hujjatida ko`rsatilgan undiruvchi K.Xudoyberganovaga avtomashina olib berilishi ta`minlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1