AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi

'Shavkat Mirziyoev Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 yanvar kuni Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo`ydi. 

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqil O`zbekistonga asos solgan, xalqimiz mehrini qozongan, xalqaro miqyosda tan olingan davlat va siyosat arbobi edi. 

Prezident Shavkat Mirziyoevning e`tibori va tegishli qarori bilan uning xotirasi abadiylashtirildi, hurmati joyiga qo`yildi. Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan 30 yanvar kunini nishonlash ezgu an`anaga aylandi. 

“Bu sanani munosib o`tkazish bizning o`z tariximizga, mustaqilligimizga bo`lgan hurmatimizni, xalq, millat sifatidagi madaniyatimiz va saviyamizni namoyon etadi” degan edi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev. 

Qur`oni karimdan tilovat qilindi. Islom Karimovning serqirra faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi.

Gul qo`yish marosimida Prezident Administrasiyasi, parlament palatalari va hukumat a`zolari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.

Birinchi Prezidentimizning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo`yildi.

 

    Boshqa yangiliklar