Xabaringiz bor, joriy yil 28 yanvar kuni Farg`ona shahridagi 2-oilaviy poliklinikada tibbiyot xodimlariga tajovuz qilish holati yuz berdi. Mazkur voqea yuzasidan Farg`ona viloyati IIB munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 28 yanvar kuni Farg`ona shahridagi 2-sonli oilaviy poliklinikada janjal kelib chiqqan.
Farg`ona shahridaya shovchi 47 yoshli U.A. va uning qizi 27 yoshli G.A.lar poliklinikada rentgen ko`rigidan o`tish vaqtida navbat talashib, hamshiralar 47 yoshli M.T. va 39 yoshli M.M.lar bilan o`zaro janjallashib qolishgan. Natijada U.A. qo`llari bilan hamshira M.T.ning yuziga urib tan jarohati etkazgan.
Dastlabki tibbiy ma`lumotnomaga ko`ra, M.T. “engil” tan jarohati olganligi ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIOFMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga engil shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.






