O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tashubbusi bilan hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 avgustdagi 577-sonli Qarorining tegishli bandiga asosan, Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarini imtiyozli kredit asosida “GM Uzbekistan” AJda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari bilan ta`minlanishlari belgilangan edi.
Shu munosabat bilan 2020 yilning 29 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan, viloyatning tuman ichki ishlar bo`limlarida xizmat qilib kelayotgan 9 nafar profilaktika inspektori lavozimiga yangi tayinlangan xodimlarga tantanali ravishda “Spark” rusumli avtomashinalar tantanali ravishda topshirildi, deya xabar beradi Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati.






