AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik fuqaroning polisiya xodimlari ustidan qilgan shikoyati bo`yicha TIV konsullik-huquqiy departamenti axborot berdi

'O`zbekistonlik fuqaroning polisiya xodimlari ustidan qilgan shikoyati bo`yicha TIV konsullik-huquqiy departamenti axborot berdi'ning rasmi

Mamlakatimizning Moskva shahridagi Elchixonasi Konsullik bo`limi O`zbekiston fuqarosi O.A.ning polisiya xodimlari xatti-harakati ustidan tergov organlariga shikoyat bilan murojaat qilgan to`g`risida OAV xabarini tasdiqladi. Ayni aytda tekshiruv o`tkazilmoqda. Tekshiruv natijasi bo`yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.

Elchixona vaziyatni nazoratga oldi. Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o`tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskva viloyati, Orlov viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.

 

    Boshqa yangiliklar