1

Allamjonov va Mirziyoeva ortidan AOKA matbuot kotibi ham ishdan ketdi

Jamiyat 30.01.2020, 18:16
Allamjonov va Mirziyoeva ortidan AOKA matbuot kotibi ham ishdan ketdi

Xabaringiz bor, kuni kecha, kutilmaganda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov va uning o`rinbosari Saida Mirziyoevalar xususiy sektorda ish boshlashlarini e`lon qilib, agentlikdagi faoliyatlarini yakunlagan edi.

Ayni paytda agentlik matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Hikmatilla Ubaydullaev ham ishdan ketganini e`lon qildi:

“Aziz do`stlar! Agentligimiz direktori Komil Allamjonov va direktor o`rinbosari Saida Mirziyoeva jamoatchilik yo`nalishi bilan bog`liq rejalari tufayli lavozimlarini tark etganidan xabardorsiz. 

Bugun men ham Agentlikdagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. AOKA men uchun ulkan tajriba maktabi bo`ldi. Bu yo`lda  meni qo`llab-quvvatlagan barcha hamkasblarim, ustozlarim, jurnalist va blogerlarga rahmat aytmoqchiman.

Ishonamanki, AOKA so`z erkinligini ta`minlash, OAV faoliyatini rivojlantirish va boshqa yo`nalishlar bo`yicha ishlarni sidqidildan davom ettiradi va yangi muvaffaqiyatlarga erishadi. Bu yo`lda Agentlik jamoasiga ulkan zafarlar tilayman”, degan sobiq matbuot kotibi ijtimoiy tarmoqdagi o`z sahifasida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1