1

«6 ta somsa 200 rubl, 1 dona "Kola" 100 rubl. Qaerda?" Samarqand vokzalida sotuvchilar xorijiy valyutada "potolok" narxda savdo qilishi aniqlandi

Jamiyat 30.01.2020, 19:15
«6 ta somsa 200 rubl, 1 dona "Kola" 100 rubl. Qaerda?" Samarqand vokzalida sotuvchilar xorijiy valyutada "potolok" narxda savdo qilishi aniqlandi

Shu yilning 17 yanvar kuni Samaqand viloyati IIB Transportda XTBga Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashovchi fuqaro X.E. tomonidan yozma murojaat kelib tushdi. Unda Samarqand temiryo`l vokzalidagi savdo do`konlarida mahsulotlar, ayniqsa, non va non mahsulotlari boshqa joylardagi do`konlarga qaraganda qimmat narxda, boz ustiga, chet el valyutalarida sotilayotgani, ushbu holat bo`yicha qonuniy chora ko`rish so`ralgan edi.
Shu kuni Samarqand temiryo`l vokzalida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tadbir o`tkazildi. Murojaatda keltirilgan vajlar o`z tasdig`ini topdi. Masalan, vokzaldagi do`konlardan birida savdo qiluvchi qiluvchi fuqaro B.O. 4 dona nonni qirq ikki ming so`m qaytim evaziga 500 Rossiya rubliga, yana bir uddaburon «savdogar» Q.B. 6 dona somsani 200 Rossiya rubliga sotayotgani ma`lum bo`ldi. Insofini «egan» yana bir sotuvchi kattaqo`rg`onlik N.M. esa 1 litrli «Coca-Cola» ichimligini 100 rublga pullabdi. 
Yuqorida keltirilgan va aniqlangan boshqa barcha holatlar bo`yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan, qonuniy choralar ko`riladi, deyiladi  Samarqand viloyati IIB Transportda XTB xabarida. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1