1

O`zbekistondagi turoperatorlarga Xitoyga turlar sotuvini to`xtatib turish tavsiya qilindi

Jamiyat 30.01.2020, 22:12
O`zbekistondagi turoperatorlarga Xitoyga turlar sotuvini to`xtatib turish tavsiya qilindi

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, ilgari kuzatilmagan, Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan koronavirus (2019-nSoV) bugunga kelib Avstraliya, Vetnam, Koreya Respublikasi, Malayziya, Nepal, Singapur, AQSh, Tailand, Fransiya, Yaponiya va qator boshqa mamlakatlarda aniqlangan.

Xitoy OAVlariga ko`ra, koronavirus epidemiyasi tufayli mamlakat hukumati mahalliy turoperatorlarga va turagentlarga mamlakat bo`ylab hamda xorijga chipta sotishni taqiqlagan.

Shu bilan birga, Rossiya, Malayziya, Filippin, Gruziya kabi qator davlatlar ham epidemiologik vaziyat normallashuviga qadar Xitoyga va Xitoydan amalga oshiriluvchi turlarga taqiqlov belgiladi.   

O`zbekiston Respublikasi Hukumati aholi farovonligini saqlash maqsadida koronavirusning mamlakatga kirishiga yo`l qo`ymaslikka oid choralar ko`rmoqda. Shu munosabat bilan, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi mamlakatda faoliyat yuritayotgan turoperator va turagentlarga quyidagilarni tavsiya qiladi:

- Epidemiologik vaziyat normallashuviga qadar Xitoyga turlar sotuvini to`xtatib turish; 

- Xitoyga safar bo`yicha xarid qilingan yoki sotib olingan turlarni sanitar vaziyat normal bo`lgan mamlakatlarga almashtirish; 

- Qonunchilikka muvofiq, sayyohlarni albatta yo`l olayotgan mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan xabardor qilish.   

Shu bilan birga, joylashtirish vositalari va turoperatorlar (turagentlar)dan O`zbekiston Respublikasi hududidagi sayyohning salomatligi yomonlashgan holatda, yaqin oradagi tibbiyot muassasasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligini boxabar qilishni so`raymiz.   

Jismoniy va yuridik shaxslar Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga murojaat qilgan taqdirda, quyidagilar tavsiya qilinadi: 

- omma yig`ilgan joylarda hamda taom iste`molidan avval qo`llarni yaxshilab yuvish; 

- kasallikning ilk belgilari namoyon bo`lgan taqdirda zudlik bilan turoperatorga, joylashtirish vositasi yoki yaqin oradagi tibbiyot muassasasi personaliga yordam so`rab murojaat qilish;   

- O`zbekiston hududida tibbiy yordam so`rab murojaat qilingan taqdirda, tibbiyot muassasalari personalini kelgan vaqti va joyi haqida ma`lumot berish; 

- nafas organlari himoya vositalari (niqob)dan foydalanish; 

- bozorlar, hayvonot bog`i, ommaviy-madaniy tadbirlarga bormaslik; 

- faqat termal ishlov berilgan taom va butildagi suvni iste`mol qilish; -

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligini xabardor qilish (+998 71 276-46-65, +998 71 246-49-66).    Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Call-markazi telefoni: +998 71 200-00-88 (1163). 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1