1

Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasi bo`limlaridan birida sodir bo`lgan yong`in bartaraf etildi

Jamiyat 30.01.2020, 22:24
Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasi bo`limlaridan birida sodir bo`lgan yong`in bartaraf etildi

Joriy yilning 30 yanvar kuni Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasi bo`limlaridan birida yong`in sodir bo`lgani haqida avval xabar bergandik.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma`lumotlarga ko`ra, yong`in-qutqaruv guruhlari tomonidan alanga o`z vaqtida o`rab olingan va qisqa muddat ichida to`liq bartaraf etilgan. 

Ta`kidlash joiz, yong`indan elektr stansiyaning quvvat bloklariga zarar etmagan va jabrlanganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmagan. Hozirda korxona o`z ish faoliyatini davom ettirmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1