1

“Qamchiq”da yuk mashinalari ishtirokida YTH yuz berdi

Jamiyat 30.01.2020, 22:50
“Qamchiq”da yuk mashinalari ishtirokida YTH yuz berdi

Kuni kecha “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong`in–qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga dovondan o`tgan avtomobil yo`lining 233,7 km.da “Vodiy-Toshkent” yo`nalishida harakatlangan “SAMS” rusumli yuk mashinasi yo`l qoidalariga amal qilmasligi natijasida yo`l o`rtasidagi metall to`siqqa qisilib qolganligi bo`yicha xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari, yana bir yuk mashinasining boshqaruvni yo`qotib, avtomobil yo`lining qarama-qarshi yo`nalishiga chiqib ketganligi to`g`risida murojaat qabul qilindi. U, Qirg`iziston Respublikasiga qarashli “DAF” rusumli yuk mashinasi bo`lgani ma`lum bo`ldi. Ikki holatda ham hodisa oqibatida jabrlanganlar aniqlanmagan.

Mazkur xabar yuzasidan, yo`l-transport hodisasi oqibatini bartaraf etish, xavfsiz harakatni ta`minlash maqsadida, “Qamchiq” dovonidagi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimining fuqaro muhofazasi xizmatlaridan 20 dan ortiq xodimlar, “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasining 10 dan ortiq qutqaruvchilari va 5 ta maxsus texnikalar voqea joyiga etib bordi. Maxsus asbob-anjomlar yordamida metall to`siqlar kesib olinib, ikkala yuk mashinalari ham xavfsiz hududga evakuasiya qilinib yo`l harakatlari qayta tiklandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1