1

Xitoy hukumati karantin davri yakunlanmaguncha O`zbekiston fuqarolarini olib chiqib ketmaslikni so`radi

Jamiyat 30.01.2020, 23:17
Xitoy hukumati karantin davri yakunlanmaguncha O`zbekiston fuqarolarini olib chiqib ketmaslikni so`radi

Xitoy hukumati karantin rejimining butun davri yakunlanmaguncha O`zbekiston fuqarolarini olib chiqib ketmaslikni so`radi.

Tashqi ishlar vazirligi 27 yanvar kuni O`zbekiston elchisi Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Evropa va Markaziy Osiyo departamenti direktori Sun Linszyan bilanuchrashuv o`tkazilganini ma`lum qildi.

«Suhbatda chet el fuqarolarining Uxan shahridan (Xubey provinsiyasi) evakuasiya qilish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi. Xitoylik diplomat mamlakat hukumatining koronavirus tarqalishini chegaralash hamda infeksiyani profilaktika qilish va davolash borasida ko`rayotgan har tomonlama choralari to`g`risida ma`lumot berdi.

Xitoy tomoni hozirda mamlakat hukumati chet el fuqarolarini Uxan shahridan evakuasiya qilish masalasini ko`rib chiqmayotganini yana bir bor tasdiqladi va epidemiyaning ehtimoliy tarqalishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida karantin rejimining butun davri yakunlanmaguncha O`zbekiston fuqarolarini olib chiqib ketmaslikni so`radi», deyiladi Tashqi ishlar vazirligining Xitoyda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari yana bir bor murojaatida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1