1

Andijon viloyati hokimi qimmatbaho mashina sotib oldi

Jamiyat 30.01.2020, 23:22
Andijon viloyati hokimi qimmatbaho mashina sotib oldi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov yana jamoatchilik e`tibori markazida. Bu safar u qimmatbaho xizmat mashinasi olgani bilan ko`pchilikni o`ziga qaratdi, deb yozmoqda "Xabar" nashri.

Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon ko`chalarida yurgan «TAHOE» avtomobilining suratlari paydo bo`ldi. Mazkur ulov viloyat hokimining navbatdagi xizmat mashinasi ekani aytilayotir. Bunga dalil tariqasida «TAHOE»ga  «hokimga tegishli»  60 001 AAA davlat raqami qadalgani ko`rsatilmoqda.

Yaqinda hokim bir intervyuda «Prado» (JIP) xizmat mashinasidan foydalanishini aytar ekan, bu «viloyatning obro`si» ekanini urg`ulab, u shaxsiy emasligini ham qistirib o`tgandi. Xizmat mashinasi shaxsiy mulk emas, to`g`ri. Biroq u soliq to`lovchilar puliga xarid qilinishi e`tiborga olinsa, qimmatbaho xizmat mashinasidan ko`ra mahalliy byudjet mablag`ini tejab-tergab, xayrli yumushga sarflash hokimga ham, hududga ham  ko`proq obro` olib keladi.

«TAHOE» avtomobilining narxi 795 million so`m ekanidan ko`plarning xabari bor.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1