1

Eski avtokranni olib kirish uchun 4 milliard so`m imtiyoz olish rejasi chippakka chiqdi

Jamiyat 31.01.2020, 09:48
Eski avtokranni olib kirish uchun 4 milliard so`m imtiyoz olish rejasi chippakka chiqdi

Bojxona to`lovlarini to`lamaslik maqsadida xorijiy mamlakatdan olib kelingan texnikalarning ishlab chiqarilgan yilini noto`g`ri ko`rsatishga urinish hamda tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlarini o`zgartirish kabi navbatdagi qonunbuzarlik holatlari bojxonachilar tomonidan fosh etildi.

Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari fuqaro T.A. tomonidan 4 mlrd. 162 mln. 888 ming so`m imtiyoz asosida olib kirilayotgan avtokran vositasining yorliqlaridagi ma`lumot bilan avtomashinaning holatini tegishli idoralar bilan hamkorlikda ekspertizadan o`tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, mazkur avtotransport vositasi hujjatlarda ko`rsatilganidek 2018 yilda emas, balki 2007 yilda ishlab chiqarilgani ma`lum bo`ldi.

Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1