1

Tomsk fojiasida halok bo`lgan kitoblik va andijonlik ikki yigitning jasadi vatanga olib kelindi (video)

Jamiyat 31.01.2020, 10:17
Tomsk fojiasida halok bo`lgan kitoblik va andijonlik ikki yigitning jasadi vatanga olib kelindi (video)

21 yanvar kuni Tomsk viloyatida 12 nafar o`zbekistonlik yong`in oqibatida halok bo`lgan, 2 nafari tirik qolgani haqida xabar qilingan edi. 2020 yil 26 yanvarida fojiada halok bo`lgan 10 nafar marhumning jasadi olib kelindi. Qolgan ikki nafarining shaxsiga oydinlik kiritilishi lozim edi. 

30 yanvarda ushbu fojiada tirik qolgan ikki o`zbekistonlik hamda ikki marhum jasadi ham Vatanga olib kelindi, deya xabar berdi "kun.uz". DNK natijalariga ko`ra, olib kelingan marhumlardan biri kitoblik Rahmonov Shuhrat ekani ma`lum qilindi. Namangan aeroportiga keltirilgan ikkinchi marhum Mamajonov Muzaffarjon Andijon viloyatiga jo`natilgan.

https://www.youtube.com/watch?v=-r-RFdXjTqQ&feature=emb_logo

Tergov jarayoni sababli tirik qolgan jabrlanuvchilar, navoiylik N.M. hamda R.D. bilan uchrashish imkoni bo`lmadi.

Marhumlar jasadlari va fuqarolar respublika Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Bandlik va mehnat munosabatlari, Sog`liqni saqlash vazirliklari, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Milliy aviakompaniya hamkorligida olib kelingan.

Ta`kidlash o`rinliki, halok bo`lgan mehnat migrantlarining jasadlarini olib kelish Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi huzurida tashkil etilgan maxsus jamg`arma hisobidan qoplanadi. Biroq, Rossiya ijtimoiy tarmoqlarida Tomsk fojiasi qurbonlari uchun noma`lum kishilar tomonidan pul yig`ish holatlari kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan, o`zbekistonliklarni firibgarlar aldovidan ehtiyot bo`lishga chaqirib qolamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1