1

O`rta Chirchiq tumani hokimining o`rinbosari maktablar faoliyatiga asossiz aralashganligi uchun “hayfsan” oldi

Jamiyat 31.01.2020, 12:42
O`rta Chirchiq tumani hokimining o`rinbosari maktablar faoliyatiga asossiz aralashganligi uchun “hayfsan” oldi

2020 yilning 22 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda “Hokimlik Prezident qaroriga zid ravishda maktablarda tekshiruv o`tkazmoqda” mavzusida maqola e`lon qilindi, deb yozadi Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati.

Xalq ta`limi vazirning Nazorat-huquqiy xizmati tomonidan holat yuzasidan o`rganish ishlari tashkil qilindi va quyidagilar aniqlandi.

Toshkent viloyati, O`rta Chirchiq tumani hokimi o`rinbosari Sultonov Farhod Akromovichning buyrug`i asosida tuman moliya, DSENM va Yoshlar ittifoqi faollaridan iborat ishchi guruh shakllantirilib, dars mashg`ulotiga xalal bergan holda tumandagi 6 ta umumta`lim maktablarida tekshiruv o`tkazilgan.

Ishchi guruh a`zolari dars mashg`ulotlariga xalaqit bergan holda o`qituvchilarning konspekt daftarlari, darsga tayyorligi, kundaliklar, maktabda ijro va mehnat intizomiga rioya qilinishi hamda o`quvchilarni darsdan tashqari mashg`ulotlarga jalb etilish holatlarini tekshirgan.

Vazirning Nazorat-huquqiy Xizmati xodimlari ishtirokida joriy yilning 27 yanvar kuni O`rta Chirchiq tumani hokimligida kengaytirilgan yig`ilish o`tkazilib, tuman hokimining o`rinbosari F.A.Sultonovning noqonuniy harakati muhokama etildi.

O`rganish natijalariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta`limi tizimida boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora tadbirlari to`g`risida” PQ-3931-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 apreldagi 352-sonli qarori talablari buzilishiga yo`l qo`yilganligi ta`kidlandi.

Muhokama yakuniga ko`ra tuman hokimining o`rinbosari F.A.Sultonovga umumiy o`rta ta`lim maktablar faoliyatiga asossiz aralashganligi, pedagog xodimlarning sha`ni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo`l qo`yganligi uchun tuman hokimi O.Nurmatovning 19-F sonli farmoyishi bilan O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasiga muvofiq “Hayfsan” intizomiy jazosi e`lon qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1