1

Transport sohasida qator kamchiliklarga yo`l qo`yilgani sabab o`nga yaqin rahbar lavozimida o`zgarish bo`ldi

Jamiyat 31.01.2020, 13:59
Transport sohasida qator kamchiliklarga yo`l qo`yilgani sabab o`nga yaqin rahbar lavozimida o`zgarish bo`ldi

“Ayrim rahbarlarning shaxsiy mas`uliyatini ko`rib chiqish to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, transport sohasidagi ishlar etarli darajada tashkil qilinmaganligi va mutasaddi rahbarlarning shaxsiy mas`uliyatini yanada oshirish maqsadida:

•  Ilxam Rustamovich Maxkamov transport vazirining birinchi o`rinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning birinchi o`rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;

•  Davron Tulkunovich Dexkanov transport vazirining o`rinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning o`rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;

•  Abduraxman Abdullaevich Abduvaliev transport vazirining o`rinbosari – Avtomobil yo`llari qo`mitasi raisi lavozimidan ozod etilib, vazirning o`rinbosari - Avtomobil yo`llari qo`mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib;

•  Tolib Egamberdievich Uljaev Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiyasi agentligining direktori lavozimidan ozod etilib, ushbu agentlik direktori vazifasini bajaruvchi etib;

•  Doniyor Baxtiyorovich Axmedov Transport vazirligi huzuridagi Temir yo`llarda yuk va yo`lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig`i lavozimidan ozod etilib, mazkur inspeksiya boshlig`i vazifasini bajaruvchi etib;

•  Faxriddin Muxiddinovich Salixov Transport vazirligi huzuridagi Yo`l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig`i lavozimidan ozod etilib, mazkur inspeksiya boshlig`i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shuningdek, “O`zbekiston temir yo`llari” va “Uzbekistan Airways” AJlar aksiyadorlari umumiy yig`ilishining  navbatdan tashqari majlisida:

•  Xusniddin Nuriddinovich Xasilovni “O`zbekiston temir yo`llari” AJ boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlash;

•  “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Ibragimovich Xakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalalari ko`rib chiqiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1