AsosiyJamiyat

O`zbekistonda narkologik kasalliklarga chalingan shaxslar ishlashi cheklangan kasblar ro`yxati tasdiqlanadi

'O`zbekistonda narkologik kasalliklarga chalingan shaxslar ishlashi cheklangan kasblar ro`yxati tasdiqlanadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik va toksikomaniya bilan kasallangan shaxslarning shug`ullanishi uchun cheklovlar belgilangan kasbiy faoliyat turlarining ro`yxatini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi.

Unga ko`ra, surunkali alkogolizm, giyohvandlik va toksikomaniya bilan kasallangan shaxslarning shug`ullanishi uchun cheklovlar belgilangan kasbiy faoliyat turlarining ro`yxati tasdiqlanadi.

Mazkur ro`yxatdan joy olgan kasbiy faoliyat turi va lavozimlar toifalari quyidagilardan iborat:

Balandlikdagi ishlar, balandlikka ko`tarilish va u bilan bog`liq ishlar, shuningdek, ko`tarish inshootlariga xizmat ko`rsatish ishlari.

127 V va undan yuqori kuchlanishli elektr inshootlariga xizmat ko`rsatadigan va ularga ulanishni amalga oshiradigan, ushbu elektr qurilmalarda sozlash, o`rnatish ishlarini va yuqori voltli sinovlarni bajaradigan xodimlar.

Neft va gaz sanoatida, shu jumladan vaxta usulda, cho`l va boshqa olis va etarlicha o`zlashtirilmagan joylarda er osti ishlari;

er osti ishlarining barcha turlari;

gidrometeorologik stansiyalarda, cho`lda va boshqa chekka va etarlicha o`zlashtirilmagan joylarda, og`ir iqlim sharoitida joylashgan aloqa vositalarida ishlash;

mamlakatning alohida, kam aholi yashaydigan, borish qiyin bo`lgan va tog`li hududlarida geologiya-qidiruv, topografik, qurilish va boshqa ishlarni bajarish (shu jumladan, smenali-ekspedision usulda).

Bosim ostidagi idishlarga xizmat qiladigan apparatchilar.

Gidroelektrstansiyalar, gidrotexnika inshootlari va sun`iy suv havzalarida suv to`plash, sozlash va suvni tashlash bog`liq ishlar.

Mashinistlar (kochegarlar), qozonxona operatorlari, gaz nazorati xizmati xodimlari.

Portlovchi materiallardan foydalanish bilan bog`liq ishlar, portlash va yong`inga xavfli sanoat korxonalarida ishlash.

Harbiylashgan qo`riqlash xizmatchilari, maxsus aloqa xizmati, inkassasiya apparati xodimlari, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va xizmatchilari o`qotar qurollarni olib yurishlari va ishlatishlari mumkin bo`lgan boshqa idora va xizmatlar xodimlari.

Avariyaviy gaz xizmati, ochiq gaz va neft favvoralarning paydo bo`lishini oldini olish va yo`q qilish bo`yicha harbiylashtirilgan bo`linmalar va otryadlar, harbiylashtirilgan tog`, tog`-qutqaruv guruhlar, o`t o`chirish xizmati, shoshilinch tibbiy xizmatlar, doimiy tayyorgarlikdagi ixtisoslashgan tibbiy brigadalar.

Tokarlik, frezalash va boshqa dastgohlar, shtamplash presslarida ishlash.

Transportning harakatlanishi, shu jumladan zavod ichida harakatlanishi bilan bog`liq bo`lgan ishlar.

Avtomobil, motosikl va shahar elektr transport vositalari haydovchilari, shu jumladan:


motosikl, motoroller, skuterlar, barcha tur va markadagi mopedlar (A toifasi), mini-traktorlar va motobloklar;


barcha toifadagi nogironlar uchun qo`lda boshqariladigan avtomobillar va nogironlar uchun motoaravachalari;


Umumiy massasi 3500 kg dan oshmaydigan va haydovchi o`rindig`idan tashqari, o`rindiqlar soni 8 ta (B toifasi) avtoulovlar, yollanib ishlash huquqi bilan, traktorlar va boshqa o`ziyurar transport vositalari;

umumiy og`irligi 3500 kg dan oshmaydigan va haydovchi o`rindig`idan tashqari o`rindiqlar soni 8 ta (V toifasi), yollanib ishlash huquqisiz;

yuklarni tashishga mo`ljallangan, umumiy og`irligi 3500 kg dan oshadigan avtomobillar (C toifasi);

yo`lovchilarni tashish uchun mo`ljallangan va haydovchilar o`rindig`idan tashqari 8 dan ortiq o`rindiqqa ega bo`lgan (D toifasi), V, C yoki D (E toifali) transport vositalariga tegishli shatakli poezdlar;

tramvay, trolleybus.
Havo transportida xavfsizlikni ta`minlash bilan bog`liq ishlar.
Poezdlar, shu jumladan metropoliten harakati bilan bevosita bog`liq bo`lgan ishlar:

poezdlar harakatini ta`minlaydigan ishchilarning kasblari va lavozimlari ro`yxatiga muvofiq, ishga qabul qilishdan oldin va davriy tibbiy ko`rikdan o`tishi kerak bo`lgan kasblar va lavozimlar ishchilari, mashinistlar, haydovchilar va ularning yordamchilari guruhi bundan mustasno;

amaldagi temir yo`llarga chiqish bilan bog`liq bo`lgan xodimlar, transport vositalarining haydovchilari bundan mustasno;

Qayd etilgan ro`yxatda nazarda tutilgan mashinistlar, haydovchilar va ularning yordamchilari guruhining xodimlari, amaldagi temir yo`llariga chiqish bilan bog`liq bo`lgan boshqa transport vositalarining haydovchilari.

farmasevtika va oziq-ovqat sanoati xodimlari, umumiy ovqatlanish va savdo, sut fermalari, sut oshxonalari, tarqatish punktlari, oziq-ovqat mahsulotlari bazalari va omborlari, ishlab chiqarish, saqlash va sotish jarayonida farmasevtika va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlaydigan xodimlar, shu jumladan, asbob-uskunalarni sanitariya tozalash va ta`mirlash xodimlari, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini barcha turdagi transport vositalarida tashishda oziq-ovqat mahsulotlari bilan bevosita aloqada bo`lgan shaxslar;

mineral suv ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan bog`liq ishchilar;

suvni tayyorlash, zararsizlantirish va aholini ichimlik suv bilan ta`minlash tizimiga uzatish bilan bog`liq ishchilar;

xodimlari tibbiy guvohlantirishdan o`tishi kerak bo`lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda amaliy mashg`ulotlarni o`taydigan akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari va oliy ta`lim muassasalari talabalari amaliy mashg`ulotlardan oldin va ularning davomida;

jarrohlik shifoxonalari, tug`ruqxonalar (bo`limlar), bolalar shifoxonalari (bo`limlari), yangi tug`ilgan chaqaloqlar patologiyasi, chala tug`ilgan chaqaloqlar bo`limlari tibbiyot xodimlari;

giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning aylanishi bilan bevosita bog`liq bo`lgan ishlar;

Yuqori xavf manbasi bilan bog`liq va aniqlik va tezkorlikni talab qiladigan ishlar:

qurol-yarog` olib yurish va undan foydalanish ruxsat etilgan xizmat;

maxsus aloqa xizmati;

naqd pul operasiyalari bilan shug`ullanadigan barcha muassasalar va banklarda xizmat;

soliq va bojxona xizmatlari;

Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi xizmat;

Qurolli Kuchlardagi xizmat;

huquqni muhofaza qilish organlarida xizmat;

yong`in xizmati;

gaz-qutqaruv xizmati;

alohida muhim qo`riqlanadigan ob`ektlarda ishlash;

atom energetika ob`ektlarda va yadroviy reaktorlarda ishlash.

Ta`lim-tarbiya faoliyati bilan bog`liq ishlar:

Ta`lim-tarbiya muassasalari xodimlari;

bolalar va o`smirlar sog`lomlashtirish muassasalari, shu jumladan mavsumiy muassasalar xodimlari;

maktabgacha tarbiya muassasalari, chaqaloqlar uylari, bolalar uylari, maktab-internatlar ishchilari.

Suzish bo`yicha murabbiy va instruktorlar, basseyn, davolanish vannalari muolajalarini bajaruvchi ishchilar;

mehmonxonalar yotoqxonalarda yordamchi xizmatchilar, uzoq yo`nalishli poezdlarning yo`lovchi vagonlari provodniklari.

    Boshqa yangiliklar