2020 yil 1 fevral kuni soat 07:10larda Pop tumanida yashovchi A.E. ishonch qog`ozi bilan Pop tumanida yashovchi B.Qga tegishli “Neksiya” rusumli transport vositasini “Farg`ona xalqa” avtomobil yo`lining 10-kilometrida boshqarib ketayotib, uxlab qolganligi tufayli boshqaruvni yo`qotib yo`l-transport hodisasi sodir etgan. Natijada avtomobil ag`darilib ketgan.
Yo`l-transport hodisasi oqibatda haydovchi A.E. voqea joyida halok bo`lgan. Yo`lovchilar Pop tumanida yashovchi Sh.I. va uning farzandi A.M. hamda M.S.lar olgan tan jarohatlari tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.






