Toshkent metropolitenining Yunusobod yo`nalishida sodir bo`lgan baxtsiz hodisa yuzasidan maxsus tekshirish komissiyasi xulosasi e`lon qilindi. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.
Xabaringiz bor, 2019 yilning 18 dekabr kuni Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yo`nalishida sodir bo`lgan avariya oqibatida quruvchilar halok bo`lgan edi.
Sodir bo`lgan baxtsiz hodisa maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan o`rganildi. Mazkur komissiya tarkibiga Davlat mehnat inspeksiyasi vakili ham biriktirilgan.
“Xalqaro press klub”ning 29 yanvar kungi sessiyasida Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig`i Q.Odinaev jabrlanganlarga tovon puli undirish ustida ish olib borilayotgani, natijalar xususida 2-3 kunda xabar berilishini bayon qilgan edi.
O`rganish natijalariga ko`ra, baxtsiz hodisaga xandak qiyalik devorini mustaxkamlash ishlari jarayonida yo`l qo`yilgan kamchiliklar, loyihadan chetlanish holati mavjudligi, yog`ingarchilik suvlari hamda oqava quvurlaridan sizib chiqqan suvning intensiv tuproqqa shimilishi sabab bo`lgan.
Maxsus tekshirish komissiyasi jabrlanuvchilarning qaromog`idagi shaxslarni moddiy qo`llab-quvvatlash maqsadida 4 ta oilaning har biriga 261 million 938 ming 888 so`mdan, jabrlanuvchi yana bir oilaga 281 million 62 ming 782 so`m bir yo`la to`lanadigan bir martalik nafaqa pullari belgilandi.
Shuningdek, marhumlarning qaramog`ida bo`lgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga oyma-oy to`lanishi lozim bo`lgan pul mablag`lari hisob-kitob qilinib, amalga oshirish uchun ish beruvchilarga taqdim etildi.






