AsosiyJamiyat

Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumani hokimligi tashkil etildi

'Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumani hokimligi tashkil etildi'ning rasmi

“Surxondaryo viloyati tarkibida tashkil etilgan Bandixon tumani hokimligining tashkiliy masalalari hamda 2020-2022 yillarda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy Axborot kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumani hokimligi tashkil etildi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: 

davlat boshqaruvi organlari va xo`jalik birlashmalarining Bandixon tumanidagi bo`linmalari ro`yxati;

tuman hokimligini tashkil etish bilan bog`liq tashkiliy masalalarni hal etish bo`yicha respublika komissiyasi tarkibi;

Bandixon tumanida 2020-2022 yillarda yangi ish o`rinlarini yaratish hamda yo`l-transport, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi.

Sanoat, qishloq xo`jaligi va xizmat ko`rsatish sohalarini rivojlantirish orqali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish hamda xizmatlar turlarini ko`paytirish Dasturning asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, tumanda adliya bo`limi, davlat xizmatlari markazi tashkil etiladi. 

Eslatib o`tamiz, 2019 yilning 30 noyabrida Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumanini tashkil etish bo`yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senatning qarorlari qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar