AsosiyJamiyat

Koronavirusni oldini olish bo`yicha respublika komissiyasi tashkil etildi

'Koronavirusni oldini olish bo`yicha respublika komissiyasi tashkil etildi'ning rasmi

Prezident Farmoyishi bilan O`zbekistonga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasi tashkil etildi. Bu haqda Huquqiy Axborot kanali xabar berdi.

Farmoyish bilan respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlanib, uning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Umumjahon, mintaqaviy va mamlakat ichidagi epidemik vaziyatni doimiy tahlil va monitoring qilish, mamlakatda koronavirusning tarqalishi va epidemik vaziyatning yomonlashishi tendensiyalarini prognoz qilish respublika komissiyasining vazifalaridan biri hisoblanadi.

Farmoyishga ko`ra, klinik va epidemiologik ko`rsatkichlari bo`yicha koronavirus bilan kasallangani gumon qilingan, gripp va boshqa o`tkir respirator kasalliklarning og`ir shakliga chalingan bemorlar ko`rsatilgan virus turiga majburiy tartibda diagnostikadan o`tkaziladi.

Shuningdek, koronavirus bo`yicha epidemik osoyishtalikkacha bo`lgan davrda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarida koronavirus diagnostika vositalarining zarur zaxiralari yaratiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar