Bosh prokuraturada Er maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo`yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Bosh Prokuratura Axboot xizmati xabar berdi.
1 fevral kuni Bosh prokuraturada Er maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo`yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Videoselektor tarzida o`tkazilgan yig`ilishda qishloq xo`jaligi, ayniqsa, sug`oriladigan ekin erlarining ajratilishi va foydalanilishi ahvoli hamda sohada qonuniylikni ta`minlashga doir masalalar muhokama qilindi.
Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi mas`ul xodimlari, komissiya a`zolari, Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi vakillari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo`mitasi, “Davergeodezkadastr” qo`mitasi, shuningdek sohaga aloqador boshqa vazirlik va idoralar rahbar va mas`ul xodimlari ishtirok etishdi.
Joylardan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, Toshkent shahar, viloyatlar, tuman-shahar hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar organlari va soliq idoralari boshliqlari, sohaga aloqador vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari rahbarlari qatnashishdi.
Komissiya yig`ilishida Bosh prokuror N.Yo`ldoshev kun tartibidagi masala yuzasidan ma`ruza qildi.
So`nggi uch yilda bu sohani isloh qilishga oid 30 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi.
Erlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun byudjetdan ajratilayotgan mablag`lar hajmi yildan - yilga ortib bormoqda.
Bu maqsad uchun 2017 yilda 463 mlrd. so`m ajratilgan bo`lsa, mazkur ko`rsatkich 2018 yilda 559 mlrd., 2019 yilda esa 673 mlrd. so`mni tashkil etgan.
Ekin maydonlari samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarni keng qo`llashga katta e`tibor qaratilmoqda.
Bu davrda respublika bo`yicha 170 ming gektardan ortiq maydonda suvni tejovchi texnologiyalar joriy etildi, natijada holati yomonlashgan 303 ming gektar erning unumdorligi oshirildi.
Past hosilli paxta va g`alla maydonlarini qisqartirish, ular o`rnida yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar etishtirishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.
O`tgan uch yilda hosildorligi past bo`lgan 293 ming gektar ana shunday maydonlarning 257 ming gektarida daromadbop turli ekinlar etishtirildi, 35 ming gektarida intensiv bog` va yangi tokzorlar barpo etildi.
Ko`rilgan choralar natijasida birgina 2019 yilda 48 ming gektar yaroqsiz er maydonlari muomalaga kiritildi.
Zero, mamlakatimizning taraqqiyoti va kelajagi, xalqimizning to`kisva farovon hayoti bebaho boylik – erdan oqilona foydalanishga chambarchas bog`liqdir. Bu masala milliy xavfsizlik va barqarorlikka to`g`ridan-to`g`ri daxldordir.
Lekin, qishloq xo`jaligi ekin erlarini ajratish va undan foydalanishda kuzatilayotgan ayrim kamchilik va nuqsonlar, sohadagi korrupsiya holatlari, ba`zi mutasaddilar sodir etayotgan qing`ir ishlar sohadagi islohotlargasoya solmoqda.
Shu sababli er maydonlarini ajratish va undan foydalanishdagi tizimli kamchiliklar, tegishli idoralarda mazkur sohada korrupsiyaga qarshi kurash bo`yicha amaliy ishlar oqsayotganligi, tizimdagi ayrim rahbarlar bu illatdan qutula olmayotganligi yig`ilishda tanqidiy muhokama etildi.
Ma`ruzada, so`nggi yillarda sug`oriladigan er maydonlari Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Jizzax, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida kamayganligi, Andijon, Toshkent, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg`ona viloyatlarida er holati yomonlashganligi ko`rsatib o`tildi.
Erga talab keskin ortib borayotgan hozirgi davr, zaxiraga olingan har qarich maydonni uning haqiqiy egasiga topshirishni talab etadi.
Zaxiraga olingan er maydonlarini ajratishning ochiq va shaffof tizimi hanuzgacha yo`lga qo`yilmaganligi, bu esa turli suiiste`molchiliklarga, ekin maydonlarining egasiz qolib, hatto yo`qotilishiga olib kelayotganligi aniq misollar bilan ko`rsatildi.
Erlarni egalik qilish, doimiy va vaqtinchalik foydalanish uchun ajratishda hamda ijaraga berishda jiddiy qonun buzilishi holatlariga yo`l qo`yilayotganligi aniq raqam va misollar yordamida ko`rsatib berildi.
Bosh prokuror ma`ruzasida, so`nggi ikki yilda 56 ming gektar er maydoni hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilganligini ko`rsatib, mutasaddi rahbarlardan qonun talablariga qat`iy rioya etish talabini qo`ydi.
O`tgan yilda respublika bo`yicha 83 ta holatda 112 gektar sug`oriladigan qishloq xo`jaligi er maydoni qishloq xo`jaligida foydalanilmaydigan er sifatida ajratib yuborilgan.
Misol uchun, Jarqo`rg`on tumanida 1,5 gektar sug`oriladigan ekin maydoni g`isht sexi qurish, Toshkent tumanida 20 sotix maydon savdo majmuasi qurish uchun shunday yo`l bilan qonunga zid ajratib berilgan.
So`nggi ikki yilda er sotish, talon - toroj qilish bilan bog`liq holatlar yuzasidan 473 ta jinoyat ishi qo`zg`atilib, 543 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu jinoyatlarning 71 tasini poraxo`rlik, 354 tasini firibgarlik, 37 tasini soxtakorlik kabi qilmishlar tashkil etadi.
Bu davrda 295 nafar mansabdor shaxs er qonunchiligini buzish bilan bog`liq jinoyatlarni sodir qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi, ularning 119 nafari yoki 40 foizini er kadastri xodimlari tashkil etishi qattiq tanqid qilindi.
Misol uchun, Buloqboshi tuman er resurslari va kadastr bo`limi boshlig`i fuqaro U.ga 4 sotix erni uy-joy qurish uchun ajratib berish evaziga 4 ming AQSh dollari olganda jinoyat ustida ushlangan.
Muborak tuman bo`limi mutaxassisi fuqaro E.ga issiqxona qurish uchun er ajratishni va`da qilib, 14 ming AQSh dollari olganligi uchun sud hukmi bilan etti yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qo`mitaning faoliyati faqat kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishdaniborat “Ermulkkadastr” korxonasi xodimlari ham bunday suiiste`molchiliklarga berilganligi ham ko`rsatildi.
Masalan, Andijon shahar “Ermulkkadastr” rahbari fuqaro Q.ga 4 sotix er ajratishni va`da qilib, 10 ming AQSh dollari olganligi uchun sud hukmi bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Oltiariq tuman “Ermulkkadastr” mutaxassisi fuqaro N.ga 5 gektar erni bog` tashkil etish uchun ajratib berish evaziga 22 ming AQSh dollari va 28 mln. so`m olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
O`tgan ikki yilda hokimliklarning 23 nafar, arxitektura va qurilish idoralarining 14 nafar xodimlari er bilan bog`liq jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan.
Misol uchun, Arnasoy tumani hokimining o`rinbosari tadbirkorga parrandachilik kompleksi uchun er ajratish evaziga 13 ming AQSh dollari talab qilib, shundan 3 ming AQSh dollarini olganda qo`lga olingan.
Er ajratish evaziga Urganch tumani hokimi o`rinbosari 5 mln. so`m, Xiva shahri hokimi o`rinbosari 2 ming AQSh dollari, Chust tumani hokimi o`rinbosari 2.000, Dehqonobod tumani hokimi o`rinbosari 6.000, Navbahor tumani hokimining o`rinbosari 11 ming AQSh dollari pora olganligi uchun javobgar bo`lgan.
Ma`ruzada, ekin erlarini asrash, holatini yaxshilab borishga er nazoratiga mas`ul idoralar tomonidan etarli e`tibor berilmaganligi oqibatda er maydonlarini o`zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy bino va inshootlar qurish, ekin maydonlaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish holatlariga yo`l qo`yilganligi ko`rsatib o`tildi.
O`tkazilayotgan xatlovlarda, respublika bo`yicha 3.900 gektar er maydoni o`zboshimchalik bilan egallab olingani, 6 ming gektar maydonga noqonuniy qurilishlar qilingani, 11 ming gektar erdan samarasiz va maqsadsiz foydalanib kelingani aniqlandi.
Ishchi guruhlar tomonidan Toshkent viloyatida o`tkazilayotgan xatlovda qariyb 23 ming gektar maydondagi 142 mingdan ortiq bino va inshootlarning biron - bir hujjati mavjud emasligi, 1.450 gektar er o`zboshimchalik bilan egallab olinganligi, 855 gektar erda ob`ektlar noqonuniy qurilgani aniqlangan.
Xatlov jarayonida ayrim mutasaddilar yo`l qo`ygan jiddiy qonun buzilishi holatlari ham aniqlangan.
Misol uchun, Yangiyo`l tuman “Ermulkkadastr” xodimlari er ajratilgani haqida hokimning qalbaki qarorini tayyorlash, qurilmagan uyni go`yoki qurilgan deb qalbaki kadastr hujjatini tuzish orqali 12 nafar fuqaroga 7 gektar erni berib yuborgan.
2019 yil 17 dekabr kuni Zangiota tuman hokimligi umumiy bo`limi mudiri va fuqaro S. 30 sotix er maydoni ajratib berish evaziga fuqaro X.dan 120 ming AQSh dollari olganda qo`lga olingan.
Bu holatlar bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov o`tkazilmoqda.
Ayrim fermerlar ijaraga berilgan er maydonlarini noqonuniy sotayotganligi ham tanqid ostiga olindi. So`nggi ikki yilda 76 nafar fermer erlarni noqonuniy sotganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortildi.
Zangiota tumani “Semurg`” fermer xo`jaligi boshqaruvchisi T. fuqaro P.ga 70 sotix sug`oriladigan erning har bir sotixini 5 ming AQSh dollaridan, jami 350 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 50 ming AQSh dollarini olayotganda ushlandi.
Vaholanki, ushbu er maydoni Zangiota tumani hokimining qarori bilan shu fermer xo`jaligiga meva - sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash sexi tashkil qilish uchun berilgan.
Qibraydagi “Toshkent oazis” fermer xo`jaligi rahbari I. ham 26 sotix er maydonini 3 nafar fuqaroga jami 208 ming AQSh dollariga sotib yuborganligi uchun tergov qilinmoqda.
Yig`ilishda, erga oid qonun buzilishi holatlarining oldini olishga ko`maklashishga mas`ul Fermerlar Kengashi, mahalla raislari, uchastka profilaktika inspektorlari erlarni o`zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilmalarni oldini olishda tashabbus ko`rsatmayotganligi ta`kidlanib, ulardan yanada faollik ko`rsatish so`raldi.
Oxirgi ikki yilda 21 nafar mahalla raisi er bilan bog`liq jinoyatlari uchun javobgar bo`lganligi tanqid ostiga olindi.
Misol uchun, Xiva tumanidagi “Qushchi Kattabog`” mahallasi raisi E. fuqaro R.dan 2 ta turar - joy uchun zaxiradagi erlardan ajratishni va`da qilib, 10 ming AQSh dollari talab qilgan hamda shundan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Qarshi tumanida esa, “Kat” mahallasi raisi Sh. fuqaro U.ga 12 sotix erni uy - joy qurish uchun ajratib berish evaziga 70 mln. so`m olganda qo`lga olingan.
Yig`ilishda, aholi soni tobora oshib boradigan, er maydonlari hajmi esa cheklangan sharoitda, bu sohadagi korrupsiya, tizimli kamchilik va qonunbuzilishlarni bartaraf etish, ona zaminimiz er maydonlarini asrab - avaylab kelajak avlodlarga etkazish zarurligi ta`kidlandi.
Zero, muhtaram Prezidentimiz ta`biri bilan aytganda, har qarich er – davlatning, demakki, xalqimizning bebaho boyligi, undan noqonuniy, o`zboshimchalik bilan foydalanishga hech kimning haqqi yo`q.
Komissiya yig`ilishi qizg`in muhokamalar bilan kechdi. So`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi raisi K.Kamilov, Bosh vazir maslahatchisi A.Vaxabov, Qurilish vaziri B.Zokirov, Adliya vaziri R.Davletovlar er ajratishda qonuniylikni ta`minlashga qaratilgan vazifalar borasida o`z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan “Davergeodezkadastr” qo`mitasi raisi A.Abdullaev, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlarining tushuntirish va izohlari eshitildi.
Yig`ilish yakuni bo`yicha qishloq xo`jaligi ekin erlarining ajratilishi va foydalanilishida qonun buzilishi va kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qaror qabul qilindi.






