AsosiyJamiyat

Temiryo`lda yuz bergan baxtsiz hodisada inson halok bo`ldi

'Temiryo`lda yuz bergan baxtsiz hodisada inson halok bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 1 fevral kuni soat 00:25 da Yagona dispetcherlik markaziga navbatchisi tomonidan Toshkent temir yo`l mintaqasi Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasiga, «To`qimachi – Xamza» bekatlari oralig`ida yuk poezdi erkak kishini urib ketganligi haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur xabar asosida surishtiruv ishlari olib borish jarayonida 3421-yuk poezdi «Xamza – Chuqursoy» yo`nalishi bo`yicha harakatlanib ketayotgan vaqtda «To`qimachi – Xamza» bekatlari oralig`ining 4-kilometri 5-to`siqda yoshi taxminan 35-40 larda bo`lgan, evropa millatiga mansub shaxsi noma`lum erkak kishini urib yuborgani oydinlashdi. Hodisaga shaxsi noma`lum erkakning ehtiyotsizligi sabab bo`lgan va natijada voqea joyida vafot etgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu fuqaro Toshkent shaxar Mirobod tumanida yashagan, 1974 y.t T.V. ekani ma`lum bo`ldi. 

Xozirda baxtsiz hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar