4 fevraldan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi koronavirus tarqalishi sababli Xitoyga (Pekin va Urumchi) muntazam reyslarni vaqtincha to`xtatadi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Prezident farmoyishi bilan respublika maxsus komissiyasi tuzildi. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Xitoydan qaytarish va mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish bilan shug`ullanadi.
Eslatib o`tamiz, 2019-nCoV koronavirusining tarqalishi dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida yuz bergan. Keyinchalik yuqtirish holatlari Xitoyning boshqa shaharlarida, shuningdek, Janubiy Koreya, Tailand, AQSh, Kanada, Fransiya, Avstraliya va boshqa davlatlarda qayd etilgan.






