1

Samarqandda yuqori bosimli magistral gaz quvurida yong`in kelib chiqdi

Jamiyat 02.02.2020, 19:15
Teglar: Samarqand, gaz, portlash
Samarqandda yuqori bosimli magistral gaz quvurida yong`in kelib chiqdi

Samarqand viloyatining Narpay tumani hududidan o`tgan va 1959 yilda ishga tushirilgan, «Zirabuloq» magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli «Jarqoq – Buxoro – Samarqand – Toshkent» magistral gaz quvurida yong`in kelib chiqdi. Bu haqda KUN.UZ xabar berdi.

Portlash sodir bo`lib, keyin yong`inga sabab bo`lgan gaz quvurining diametri 720 mm ekanligi aytilmoqda. 

Xavflilik darajasi yuqori bo`lgan, ushbu birinchi toifali magistral gaz quvurining muhofaza zonasi gaz quvuri o`qidan har ikki tarafga 200 metr etib belgilangan.

Hozircha quvurdagi yong`in oqibatida kimdir jabrlangani haqida ma`lumot yo`q. Mas`ullar bu borada hali bayonot berishmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1